Tashkent, May 19 -- 19 may kuni O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi biln uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Uning bildirishicha, savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo'lgan sohalarni qamrab olgan hamkorlikdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilgan. O'zaro farovonlik va barqarorlik yo'lidagi umumiy intilishlar yana bir bor tasdiqlangan.

Uchrashuv yakunida vazirliklar o'rtasida 2025-2026 yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....