Tashkent, May 22 -- 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekiston gaz importidan ko'ra ko'proq eksportni amalga oshirdi. Bu haqda Spot o'rgangan Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotida keltirilgan.

To'rt oyda Turkmaniston va Rossiyadan "ko'k yoqilg'i" importi qariyb uch baravarga - $150,5 mlngacha kamaydi. Yanvar oyida tabiiy gaz yetkazib berish $27,8 mlnni tashkil etgan bo'lsa, fevral oyida - $8 mln, mart oyida - $2,7 mlngacha tushdi. Aprelga kelib ko'rsatkich 41 baravar - $112 mlngacha oshdi.

Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti deyarli 2 barobarga oshib, $199,7 mlnga yetdi. Xususan, yanvar oyida Xitoyga $21,8 mlnlik, fevral oyida $20,2 mlnlik, mart oyida $52,3 mlnlik, aprel oyida esa $105,4 mlnlik gaz yetkazib berilgan.

Bundan t...