Tashkent, April 27 -- O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Olmaota shahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

"Bugun Olmaota shahrida Markaziy Osiyo - Xitoy formati doirasida tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvi bo'lib o'tdi, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Hamkasblarimiz bilan birgalikda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, savdo va o'zaro bog'liqlikni kengaytirish, umumiy chaqiriqlarga birgalikda yechim topish masalalarida samarali va samimiy muhokamalar o'tkazdik.

O'zbekiston o'z qo'shnilari va Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, o'zaro ishonchni mustahkamlash va mintaqamizda barqaror ...