Tashkent, May 19 -- Kecha Vatikanda Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov O'zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.

Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo'ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig'ildi.

Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so'ng Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Rim Papasini tabriklab, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yetkazdi.

O'z navbatida, yangi Rim Papasi O'zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillar...