Tashkent, May 27 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo'lib turgan BMT Bolalar jamg'armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi.

BMT tizimidagi ushbu yetakchi ixtisoslashgan institut bilan ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida YUNISEF rahbari O'zbekiston yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomini yetkazdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga yuqori baho berilib, bolalar huquqlarini ta'minlash va imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi milliy dastur qo'llab-quvvatlandi.

O'zbekiston va YUNISEF o'rtasidagi hamkorlik keyingi yillarda yuksak darajaga chiqq...