Tashkent, June 11 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning "China State Construction", "China General Nuclear Power", "CAMCE", "Goldwind" va "ZTO Express" kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining O'zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. O'tgan yilning o'zida ushbu mamlakatdan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.

"China State Construction" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjen Syuesyuan bilan suhbatda Toshkent shahrida yo'l infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi hamkorlik natijalari yuksak baholandi. Toshkent shahrida madaniyat obyektlarini tashkil etish bo'yicha istiqbolli rejala...