Tashkent, May 20 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o'tkazdi.

O'zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo'nalishda yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.

Ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining o'zaro tashriflari va uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Milliy majlis spikeri o'rinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etdi. Yil yakuniga qadar Vengriya parlamenti spikeri o'rinbosari va Iqtisodiyot qo'mitasi rahbarining O'zbekistonga, mamlakati...