Tashkent, June 9 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qo'shma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-O'zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa ko'plab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida O'zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bila...