Tashkent, June 22 -- O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston hukumatining O'zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun mas'ul vakili, Bosh vazir sanoat masalalari bo'yicha maxsus yordamchisi, sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat chog'ida, joriy yil fevral oyida Toshkentda o'tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar chog'ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Barcha yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo'yicha tomonlar o'rtasida ishonchli va tizimli muloqot yo'lga qo'yilgani qayd etildi. Mutasaddi vazirliklar o'rtasida barcha sohalarni qamrab oluvchi "yo'l xaritasi"ni imzolashning muhimligi, unda iqtisodiy diplomatiyaga alohida e'...