Tashkent, May 6 -- O'zbekiston Markaziy banki 2025-yil mart oyida 11 tonna oltin sotdi. Jahon oltin kengashi (WGC) ma'lumotlariga ko'ra, bu dunyo bo'yicha oy davomidagi eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.

Martda dunyodagi markaziy banklar tomonidan jami 35 tonna qimmatbaho metall xarid qilindi va 18 tonnalik sotuvlar amalga oshirildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu mamlakat eksporti tushumining 44 foiziga teng. Shuningdek, joriy yil yanvar-mart oylarida O'zbekiston eksporti hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2024-yil mos davridagidan 24,4 foizga ko'paydi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....