Tashkent, June 4 -- O'zbekiston aprel oyida ham oltin sotish bo'yicha dunyoda yetakchilikni saqlab qoldi, deya xabar berdi Jahon oltin kengashi (World Gold Council).

Aprelda jahon markaziy banklarining oltin zaxiralari 12 tonnaga oshdi. Bu ko'rsatkich mart oyiga nisbatan 1,4 baravardan ortiqqa kam.

Polsha qimmatbaho metall xaridi bo'yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda. Aprel oyida mamlakat Milliy banki o'z zaxiralarini 12 tonnaga oshirdi, yil boshidan buyon uning zaxiralari 61 tonnaga ko'paydi. Keyingi o'rinlarda Chexiya (3 tonna), Xitoy, Turkiya, Qirg'iziston (2 tonnadan), shuningdek, Qozog'iston va Iordaniya (1 tonna) turibdi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....