Tashkent, April 29 -- Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 2026-2029 yillarga a'zo davlatlari saylandi. Tarixda ilk marta O'zbekiston Respublikasi ushbu organ a'zosi etib bir ovozdan saylandi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Statistika komissiyasiga to'liq a'zo bo'lish O'zbekiston uchun global statistik siyosatni shakllantirishda ishtirok etish, milliy tajriba va islohotlar yutuqlarini namoyish etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Statistika komissiyasi 1947 yilda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan funksional organ sifatida tashkil etilgan.

Komissiya xalqaro statistika sohasining rivojlanishini belgilovchi asosiy huku...