Tashkent, May 2 -- O'zbekiston elchixonasi xodimlari 28-30-aprel kunlari Shvetsiyaning Gyoteborg shahriga amaliy safarlari davomida mazkur shahar meri Aclan Akbas bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot davomida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasida hududlararo aloqalarni yo'lga qo'yish, jumladan Gyoteborg shahri bilan savdo-iqtisodiy, ta'lim, turizm, energetika, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligi va madaniy almashinuvlar kabi yo'nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Gyoteborgda O'zbekistonning turistik, madaniy va iqtisodiy salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni birgalikda o'tkazishga e'tibor qaratildi.

O'zbekiston diplomatlari safar davomida Gyoteborg s...