Tashkent, May 7 -- O'zbekiston TIV matbuot xizmati Hindiston va Pokiston o'rtasidagi keskinlik bo'yicha bayonot berdi.

22 aprel kuni Kashmirda hindistonlik sayyohlarga uyushtirilgan hujumga javoban Hindiston armiyasi 7 mayga o'tar kechasi Sindur operatsiyasini boshladi. Pokiston tomonining ma'lumotlariga ko'ra, aviazarbalar oqibatida 26 kishi halok bo'lgan, yana o'nlab kishilar jarohatlangan.

Pokiston bu zarbalarga javoban artilleriyasini ishga soldi va hind harbiylarining beshta samolyoti urib tushirilganini ma'lum qildi. Hindiston tomoniga ko'ra, Pokistonning javob zarbalari oqibatida Kashmirda tinch aholi vakillaridan 7 kishi halok bo'lib, 35 kishi yaralangan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....