Tashkent, May 19 -- O'zbekistonning Andorraga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Madrid shahrida joylashgan) Farrux Tursunov Andorra knyazi-hamraisi, Urxelsk yepiskopi Joan Enrik Vives-i-Sisilga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Urxelsk yepiskopi elchini samimiy qutlab, O'zbekistonda kechayotgan o'zgarishlar jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib borishini ta'kidladi. U, shuningdek, mamlakatimiz rahbariyatining, ayniqsa, bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda tinchlik, barqarorlik va xalqaro muloqotni ta'minlashga qaratilgan oqilona va uzoqni ko'zlagan siyosatini yuksak baholadi.

Andorra hamraisi O'zbekiston millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning muvaffaqiyatli namunalar...