Uzbekistan, Feb. 9 -- O'zbekiston DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5-7-fevral kunlari mamlakat miqyosida "Oriyat" va "Qoradori" keng ko'lamli tadbirlari o'tkazildi.

Ma'lum qilinishicha, 7-fevral kuni o'tkazilgan "Oriyat" keng ko'lamli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida axloq va sog'liqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS) va boshqa turdagi yuqumli, teri-tanosil kasalliklarining tarqalishini oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar, tungi klublar va boshqa jamoat joylarida hamkorlikdagi tadbirlar olib borildi.

Tadbirlar doirasida 340 ta obyekt tekshirilib, aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo'lgan 2 957 nafar shaxslar bilan tushunti...