Tashkent, May 22 -- O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Londonda bo'lib o'tgan 34-yillik yig'ilishida ishtirok etdi.

Bu yilgi anjuman "Istiqbollarni kengaytirish, mustahkam kuchlarni saqlash" mavzusida tashkil etildi. Panel sessiyalarda iqlim, energetik xavfsizlik, geosiyosat va geoiqtisodiyot, nodavlat tashkilotlarning biznes muhitni yaxshilashdagi roli, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

Boshqaruv kengashining plenar sessiyasida O'zbekiston delegatsiyasi rahbari ma'ruza qildi. Unda O'zbekiston va YETTB o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollariga to'xtalib o'tildi.

O'zbekiston delegatsiyasi...