Tashkent, April 18 -- O'zbekiston elchisi Raxmatulla Nazarov Belarus o'rmon xo'jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida tomonlar o'zbek-belarus munosabatlarida kuzatilayotgan ijobiy o'zgarishlarni e'tirof etishdi. Ikki va ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yetarli salohiyat va imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi. 2024-yil fevral oyida oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida imzolangan sohaga oid bitimlarni hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Aleksandr Kulik o'zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to'xtalib, o'zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasi kengaytirish, ikki davlat o'rmon xo'jaliklari...