Tashkent, June 19 -- O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy energetika tizimlarini birlashtirish tarafdori. Bu haqda energetika vaziri o'rinbosari Umid Mamadaminov ma'lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida energetika tizimlarini o'zaro bog'lash, jumladan, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini qurish megaloyihasini amalga oshirish masalalarini diqqat bilan o'rganishni taklif qilgan edi.

"Bu sammitda eng asosiy masalalardan biri - infratuzilma va energetika sohasi ko'tarildi. Davlatimiz rahbari Xitoy bilan Markaziy Osiyo davlatlarini bog'lovchi [energetik] yo'lak yaratish bo'yicha alohida masalani ko'tardi. Bu biz uchun ham, Xitoy uch...