Tashkent, May 15 -- O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston Toshkentda bo'lib o'tgan yig'ilishda vegetatsiya davri uchun suv-energetika rejimi bo'yicha kelishib oldi. Bu haqda Qozog'iston Energetika vazirligiga tayanib Kazinform xabar berdi.

Toshkentda O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston energetika va suv resurslari bo'yicha mas'ul vazirlarning rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tdi. Natijada energetika obektlarining kelishilgan ish rejimlari va Sirdaryo havzasidagi suvni kelgusi vegetatsiya davrida taqsimlash tartibini belgilovchi bayonnoma imzolandi.

Ta'kidlanishicha, bayonnomaning imzolanishi suv resurslaridan muvozanatli foydalanish va Markaziy Osiyo energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlashga qar...