Tashkent, June 1 -- Toshkent viloyatidagi "Navoiy" chegara bojxona postida Qizil kitobga kiritilgan 15 dona ilonni boshqa mamlakatga yashirincha olib o'tishga urinishga chek qo'yildi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, O'zbekistondan qo'shni davlatga chiqish maqsadida "Navoiy" chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro yuklari bojxona ko'rigidan o'tkazilganda, unda og'zaki so'rovda ma'lum qilinmagan 15 dona "Kolvar" turiga mansub tirik ilonlar borligi aniqlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu ilonlar Qizil kitobga kiritilgan bo'lib, tabiiy populyatsiyani saqlash maqsadida himoya qilinadi.

Bildirilishicha, hozirda ushbu tirik ilonlar Toshkent hayvonot bog'iga topshirilgan hamda mutaxass...