Tashkent, April 28 -- "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o'tkazish" bo'yicha Namunaviy uslubiyot Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3620, 25.04.2025 y.).

Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o'tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo'yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

Ilmiy ekspertiza ilmiy ekspertizani o'tkazuvchi tashkilotning malakali xodimlari tomonidan o'tkaziladi.

Ilmiy ekspertiza quyidagi tadqiqot usullaridan foydalangan holda o'tkazilishi mumkin:

- qiyosiy-huquqiy tahlil;

- lingvistik tahlil;

- tarixiy tahlil;

- modellashtirish va vaziyatli...