Tashkent, May 3 -- Namangan viloyati, Uychi tumani, Guliston mahallasi hududida yangi ko'prik qurilishida ishlayotgan 7 nafar ishchi Norin daryosi suv sathi keskin ko'tarilgani tufayli orolchada qolib ketdi.

FVV xabariga ko'ra, 3 may kuni ertalab bu haqda murojaat bo'lgan. Unda daryo o'rtasidagi quruqlikda qolib ketgan quruvchilarni qutqarish uchun amaliy yordam so'ralgan.

Ta'kidlanishicha, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika yordamida fuqarolarga yordam ko'rsatgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmadi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....