Tashkent, May 6 -- 7-16 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tadi va ushbu turnirda o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Bu haqda "UzChess" loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Grand Chess Tour 2025" tasnifiga kiruvchi "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 ming dollarni tashkil qiladi. Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatorida bosh sovrin uchun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib boradi.

Qayd etish joiz, musobaqada amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju ham ishtirok etadi. Shuningdek, Fabiano Karuana, Rameshbabu Praggnanandxa, Alireza Firuzdja, Uesli, Levon Aronyan, Yan-K...