Tashkent, April 15 -- Fransiya poytaxti Parij shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha nufuzli "Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025" turniri yakunlandi. Musobaqa ishtirok etgan o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattov 8-o'rinni egalladi.

Chorak finalda azaliy raqibi norvegiyalik Magnus Karlsenga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan Abdusattorov 5-o'rin uchun o'ynash imkoniyatini saqlab qolgandi, ammo Abdusattorov Maksim Vashe-Lagravga imkoniyatni boy berdi.

7-o'rin uchun bellashuvda esa Nodirbek rossiyalik Yan Nepomnyashiyga 2:0 hisobida mag'lub bo'lib, 8-o'rin bilan kifoyalandi.

Shunday qilib, O'zbekiston vakili turnirdagi ishtirokidan 20 ming AQSH dollar miqdorida foyda ko'rdi.

Finalda Magnus Karlsen amerikalik Hi...