Tashkent, June 14 -- Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof 13 iyun, juma kuni NATOning mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirish taklifini qo'llab-quvvatladi. Uning so'zlariga ko'ra, Rossiyaning Ukrainadagi agressiv urushi fonida Niderlandiyaning mudofaa xarajatlarini oshirish muqarrar.

NATO buning uchun zarur, dedi Sxof va Niderlandiya masʼuliyatni o'z zimmasiga olishini qo'shimcha qildi.

NATO bosh kotibi va Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte so'nggi haftalarda alyansga aʼzo davlatlarni mudofaa xarajatlaridagi ulushini oshirishga faol chaqirmoqda. Uning taklifiga ko'ra, 2032 yilga borib, NATO mamlakatlari yalpi ichki mahsulotining kamida 3,5 foizini mudofaaga va kamida 1,5 foizini mudofaa bilan bog'liq infr...