Tashkent, April 25 -- Niderlandlar tinch va xavfsizlikda yashash imkoniyatiga ega bo'lishi uchun tish-tirnog'igacha qurollanishi kerak. Bu haqda mamlakat qiroli Villem-Aleksandr Limburg provinsiyasida joylashgan harbiy bazadagi chiqishida ma'lum qildi.

Biz, ehtimol, erkinlik va tinchlik har doim o'z-o'zidan mavjud bo'ladi, deb haddan tashqari ko'p o'ylagandirmiz. Afsuski, Ukraina va boshqa mojarolar bunday emasligini va biz bunga tayyor turishimiz kerakligini isbotlamoqda, - deydi Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr.

Qirolning ta'kidlashicha, Niderlandiyani qayta qurollantirish uchun mamlakat mudofaa sanoatini ham tubdan o'zgartirish lozim. Biz ishlab chiqarishni tiklay olish imkoniyatiga ega bo'lishimiz kerak, - deya qo'shimcha qilgan...