Tashkent, June 13 -- Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya rahbari Emmanuel Makron hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi. Bu haqda Bosh vazir devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman o'zining Telegram sahifasida yozib qoldirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Bosh vazir bir qator davlat rahbarlari bilan suhbat qilgan va hozir AQSH rahbari Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatga tayyorlanmoqda.

"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Germaniya kansleri, Hindiston Bosh vaziri va Fransiya Prezidenti hamda boshqa jahon yetakchilari bilan bir qator muzokaralar o'tkazdi. Yaqin vaqt ichida u AQSH Prezidenti Donald Tramp, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Brita...