Tashkent, May 1 -- Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan shaxslarga berilayotgan bonuslar va kuchli harbiy targ'ibot olib borilishi tufayli RF hukumati urushga askar yollash sur'atlarini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda razvedka ma'lumotlaridan xabardor Amerika va Yevropa amaldorlariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Hisob-kitoblariga ko'ra, hozir Rossiya armiyasi har oyda taxminan 30 ming yangi askar jalb qilyapti - bu o'tgan yozga qaraganda 5 ming kishiga ko'proq. Yevropa tomoni ma'lumotlarida keltirilishicha, ushbu ko'rsatkich hatto 40 ming kishigacha yetishi mumkin. Bu esa Kremlga nafaqat Ukrainadagi yo'qotishlar o'rnini to'ldirish, balki Rossiya hududida joylashtirilgan yangi harbiy bo'linmalarni shaklla...