Tashkent, May 28 -- 27-may kuni O'zbekiston Superkubogi uchun Nasaf va Andijon o'zaro bahs olib bordi va yakunda qarshiliklar uchrashuvda kiritilgan yagona gol evaziga Superkubokni qo'lga kiritdi.
Yomg'irli havoda o'tgan uchrashuv ancha kurashlarga boy boshlandi, biroq birinchi bo'limda gol kiritilmadi. Ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushgan Sherzod Nasrulloyev ko'p o'tmay jarima maydonchasi ichida yiqitilib penalti ishladi. 11 metrlik nuqtadan esa Husayn Norchayev adashmadi. Uchrashuv so'ngida Andijon hujumlar uyushtirganiga qaramay hisob o'zgarmadi.
Shu tariqa, Nasaf ketma-ket uchinchi bor, o'z tarixda esa to'rtinchi bor Superkubokni qo'lga kiritdi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.