Tashkent, Nov. 3 -- So'nggi yillarda narkojinoyatchilik butun insoniyat uchun yangi global xavf-xatarga aylanayotgani qayd etildi. Tahlillarga ko'ra, dunyoda 400 milliondan ortiq odam bu illatga duchor bo'lgan, uning oqibatida yiliga 300 mingga yaqin odam vafot etyapti.

Afsuski, mazkur illat mamlakatimizni ham chetlab o'tayotgani yo'q. Yil boshidan 11 mingdan ziyod narkojinoyat aniqlanib, 2,5 tonnaga yaqin giyohvand moddalar ushlab qolindi. Bunday jinoyatlarning shakl va turlari yildan yilga ko'payib, qamrovi ortib borayotgani narkojinoyat va giyohvandlikka qarshi kurashishni kompleks ravishda tashkil qilish kechiktirib bo'lmaydigan vazifa ekanini ko'rsatmoqda.Yig'ilishda sohadagi mavjud salbiy tendensiyalar tahlil qilindi.Jumladan, keying...