Tashkent, May 28 -- Yoqilg'i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Namangan viloyati Pop tumanidagi "P.Q.I.S" MCHJga qarashli suv inshootida o'rnatilgan suv nasoslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog'iga tijorat maqsadida o'zboshimchalik bilan ulanganligi oqibatida 165,5 ming kVt.s 447,1 mln. so'mlik elektr energiyasi o'g'rilik yo'li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.