Tashkent, May 13 -- Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'iga asosan Naim Rustamovich Hamrayev vazirlikning Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

N.Hamrayev 2011 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. 2012 - 2014 yillarda klinik ordinatura bo'yicha tahsil olgan.

Turli yillarda Sog'liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxassisi, vazirlikning Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi bosh mutaxassisi va Bolalikni muhofaza qilish bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.

Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) N. Hamrayev tayinlovga qadar Bolalar milliy tibbiyot markazi hududlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari vazifasida faoliyat...