Tashkent, May 25 -- "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Premiyer-ligasida (APL) mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda APL sayti xabar berdi.

Misrlik futbolchi Premiyer-liga tarixida ushbu sovrinni ikkinchi marta qo'lga kiritgan beshinchi futbolchi bo'ldi. U ilk bor 2017/18 yilda mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan edi. Avvalroq bu sovrinni ikki marta fransiyalik Tiyeri Anri, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, serbiyalik Nemanya Vidich va belgiyalik Kevin De Bryuyne qo'lga kiritgan.

Saloh APL joriy mavsumida 28 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi va "Liverpul" bilan chempion bo'ldi. Klub chempionat doirasida hali yana 1 o'yin o'tkazadi.

Saloh gollar va golli uzatmalar bo'yicha Premiyer-lig...