Tashkent, June 19 -- Mudofaa vazirligi Tog' tayyorgarligi o'quv-mashqlar markazida harbiy xizmatchilarning navbatdagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

Dastlab harbiy xizmatchilarning mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan anjomlar ko'zdan kechirildi. Xususan, tog' tayyorgarlik anjomlari, yo'lxaltalari hamda qurol-aslahalar ko'rigdan o'tkazilgach, tik qoyalar sari yo'lga chiqildi.

Markazdan chamasi 5 kilometr uzoqlikgacha tekis va noteks yo'llar orqali marsh yurishdan so'ng tik qoyalar boshlandi. Ko'zlaridan o't chaqnab, birozdan so'ng dushmanga hamla qilishga tayyor turgan alp og'lonlar guruhlarga bo'linib, qoyalarni bo'ysindirishga kirishdi.

Qoyalar uzra saf tortib chiqayotgan harbiy xizmatchilarning navbatdagi manzili daraning narigi to...