Tashkent, May 21 -- "Azon Global" axborot-tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov ayni damda Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy tergov hibsxonasida saqlanmoqda va uning salomatligi yaxshi. Bu haqda "Azon Global" portali xabar berdi.

Portalga ko'ra, 20 may kuni Alisher Tursunovga ukasi bilan ko'rishish imkoni berilgan.

Ukasining guvohlik berishicha, Tursunov tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmagan.

Ma'lumot uchun, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 2441-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 2443-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorla...