Tashkent, June 10 -- Rossiya temiryo'llari besh yillik uzilishdan keyin Pxenyan va Moskva o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri qatnovlar qayta tiklanishini e'lon qildi. Moskva-Pxenyan poyezdlari 17 iyundan boshlab bir oyda ikki marotaba harakatlanadi.

Qayd etilishicha, bu dunyodagi eng uzun peresadkasiz poyezd yo'nalishi bo'ladi: shaharlar o'rtasidagi masofa - 10 ming kilometrdan oshiq, yo'lga ketadigan vaqt - 8 kun. Poyezd Xasan, Ussuriysk, Xabarovsk, Chita, Irkutsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Omsk, Yekaterinburg, Kirov va Kostroma stansiyalarida to'xtashni amalga oshiradi.

Chiptalarni faqat temiryo'l kassalarida xarid qilish mumkin. Poyezd Moskvadan har oyning 12 va 26, Pxenyandan esa oyning 3 va 17-sanalarida yo'lga chiqadi. Yo'lovchilar Shim...