Tashkent, May 25 -- O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko'magida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyaning misrlik tadbirkor, BAAda ro'yxatdan o'tgan "Bell Energy" kompaniyasi boshqaruvi raisi Haysam Husayn bilan muzokaralari tashkil qilindi.

Uchrashuvda tomonlar Qoraqalpog'istonning investitsion salohiyati, iqtisodiy ko'rsatkichlari, istiqbolli xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo'yicha imkoniyatlarini muhokama qildilar. Shuningdek, "Bell Energy" kompaniyasining ushbu hududda istiqbolli investitsiya loyihalarda ishtiroki masalasi ko'rib chiqildi.

O'tkazilgan muloqotlar natijasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va "Bell Energy" kompaniyasi hamda...