Tashkent, June 9 -- Mamlakatimiz elchixonasi va Misr Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar natijasi ushbu mamlakat hukumati tomonidan O'zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining joriy yildagi ikkinchi partiyasi yurtimizga olib kelindi.

Unga ko'ra, Misr tomoni umumiy qiymati 114.829 AQSh dollari bo'lgan 28 dona qutida 7440 dona "S" gepatitiga qarshi beg'araz "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2025-yildagi ikkinchi partiyasini taqdim etdi.

7-iyun kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik ko'magi sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi vositalarini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.

Ushbu dori vositalari O...