Tashkent, April 28 -- Bugun, 28-aprel kuni soat 07:00 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, "Abdurauf Fitrat" MFY, G. Aliyev ko'chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida FVBga xabar qilingan edi.

Shunga ko'ra yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong'in soat 08:33 da o'chirilgan.

Yong'in natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yong'inni bartaraf etishga 12 ta yong'in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hozirda yong'in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong'in oqibatida tan-jarohati olganlar yo'q. Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Published b...