Tashkent, May 15 -- Meksikaning Oaxaka va Puebla shtatlarini bog'lovchi avtomagistralda sodir bo'lgan yirik yo'l-transport hodisasida kamida 21 kishi halok bo'ldi, yana bir necha kishi tan jarohati oldi. Bu haqda "Telemundo" xabar berdi.

Puebla shtatining Ichki ishlar departamenti rahbari Samuel Aguilar Pala bergan ma'lumotga ko'ra, hodisa tush paytida yuz bergan va YTH qatnashchilari orasida yuk mashinasi, furgon hamda yo'lovchi avtobusi ham bor.

Hodisadan so'ng Meksika Milliy gvardiyasi Oaxaka va Puebla o'rtasidagi magistral yo'lni to'liq yopgan.

Avariya sabablari hozircha rasmiy ravishda qayd etilmagan. "Reuters" agentligining yozishicha, avariya yuk mashinasi boshqa transport vositasini quvib o'tishga uringanida yuz bergan.

Yuk ma...