Tashkent, June 1 -- Toshkentdagi JAR stadionida san'atkorlar va blogerlar o'rtasida o'tkazilgan futbol turnirida jamoat tartibini buzgan ishtirokchilarga sud tomonidan qonuniy chora ko'rildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, vaziyat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o'tkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Like Cup loyihasi jamoatchilik o'rtasida keskin e'tirozlar keltirib chiqargani va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo'lgani uchun vaqtincha to'xtatilgan.

To'polonni boshlagan blogerning aytishicha, u bu ishni har ikkala jamoa a'zolari bilan kelishgan holda amalga oshirgan. Go'yoki ikki jamoa o'rtasidagi janjal sahnalashtirilgan. Maqsad esa obunachilarni k...