Tashkent, June 2 -- O'zbekiston milliy jamoasi BAAda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Oq bo'rilar yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov mezbonlarga qarshi 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Hamma yigitlarning kayfiyati yaxshi. Oldimizda qanday o'yin turganini bilamiz. Lekin motivatsiya va bosimni oshirib yubormasligimiz kerak. Bu o'yin paytida xalaqit qilishi mumkin. Oldinga bahslarda qanday o'ynagan bo'lsak, shunday harakat qilishimiz kerak.

Bosimdan qutulish uchun jamoadoshlarimga kayfiyat ulashishga urinyapman. Xayolimizni sal chalg'itishimiz kerak. Faqat o'yinni o'ylayverish to'g'ri kelmaydi.

Jismoniy holatim yaxshi, chunki Eronda endi mavsum tugadi. Mashg'ulotlar to'xtagani yo'q, doim ton...