Tashkent, June 2 -- Markaziy bank O'zbekistonga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qo'llash xavfi darajalarini qayta ko'rib chiqdi. Bu haqda regulyatorning 2024-yil yakunlari bo'yicha moliyaviy barqarorlikka bag'ishlangan hisobotida aytiladi.

Regulyator qisqa muddatda O'zbekiston kompaniyalariga nisbatan cheklovlar kiritish xavfi darajasini o'zgartirmay, "o'rtacha" deb baholashda davom etmoqda.

Markaziy bankning qayd etishicha, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar va banklarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni joriy etish xavfi respublikaning xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini cheklashga va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni qiyinlashtirishga, shuningdek, tranzaksiya xarajatlarining o...