Tashkent, April 14 -- Markaziy bank O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarda universal to'lov QR-kodini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 11-aprel kuni bo'lib o'tgan media-muloqotda Markaziy bankning To'lov tizimlari departamenti rahbari o'rinbosari Miraziz Mirhayotov ma'lum qildi.

Regulyatorning 2025-yilga mo'ljallangan rejalari haqidagi savolga Mirhayotov Markaziy bank to'lov QR-kodlari bo'yicha yagona standartlarni ishlab chiqish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Hozirda savdo nuqtalarida tadbirkorlar tomonidan ko'pincha QR-kodli bir nechta taxtachalar o'rnatilgan bo'ladi, bu esa xaridorlarga noqulayliklar tug'diradi, dedi u.

Regulyator To'lov tizimlari departamenti rahbari o'rinbosarining qo'shimcha qilishicha, ushbu QR-kodni ...