Tashkent, June 3 -- Markaziy bank mikroqarzlar berishning yuqori o'sish sur'atlari bilan bog'liq xatarlarning "o'rtacha" darajasini saqlab qoldi. Qisqa muddatli istiqbolda regulyator risklarning oshishini kutmoqda, o'rta muddatli istiqbolda esa o'zgarishsiz qoladi. Bu haqda Markaziy bankning 2024-yil yakunlari bo'yicha moliyaviy barqarorlik sharhida keltirilgan.

Regulyatorning qayd etishicha, banklar kredit portfelida mikroqarzlar miqdorining o'sib borishi konsentratsiya xavfining ortishiga va kredit tavakkalchiligining ko'payishiga olib keladi. Mikroqarzlar ajratishda garov ta'minotining talab etilmasligi hisobiga qarzdorlarning mikroqarzlar bo'yicha majburiyatlarini bajara olmagan holatida banklarda kredit yo'qotishlari yuzaga kelishi ...