Tashkent, May 8 -- Firibgarlar tomonidan fuqarolarning ishonchiga kirish uchun telegram messenjeri orqali Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan soxta profillardan qalbaki guvohnoma rasmlari hamda hujjatlarni yuborish davom etmoqda. Markaziy bank aholini soxta ma'lumot tarqatuvchi firibgarlardan ogoh bo'lishga chaqirdi.

"Fuqarolarimiz soxta "xavfsizlik xizmati" xodimi so'zlariga ishonib, bank ilovalari orqali onlayn kredit olishga ariza berishi hamda telefon qurilmasiga zararli ilovalar o'rnatishi natijasida bank kartasida bo'lgan va ajratilgan kredit mablag'laridan ayrilib qolmoqda.

Shu munosabat bilan notanish akkauntlardan "kreditni bekor qilish", "xavfsiz hisobga pul ko'chirish" mazmunidagi xabarlar kelsa, muloqotga kirishmas...