Tashkent, June 9 -- O'zbekiston elchixonasi ko'magida Malayziyaning "Nexus Green Resources Sdn Bhd" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badrul Xisham va direktorlar kengashi raisi Ng Su Bun boshchiligidagi delegatsiyaning Qashqadaryo viloyatiga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Safar viloyatda kichik turdagi gidroelektr stansiyalarini (GES) qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida uyushtirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Malayziya delegatsiyasini qabul qildi. Muloqot chog'ida ushbu jabhadagi loyihani viloyatda amalga oshirishda kompaniya hokimlik tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi ma'lum qilindi.

Malayziya vakillari viloyatda mavjud daryo va kanallarda suv oqimidan oqilona foydalangan hold...