Tashkent, May 18 -- Boshlanayotgan haftada maktablarda so'nggi qo'ng'iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o'tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o'rnatilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlikning ma'lum qilishicha, ushbu xabarlar mutlaqo asossiz va joriy o'quv yilining oxirgi kuni 25 may, yakshanba - dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari 24 may - shanba kuni o'tkazilishi belgilangan.

Vazirlikning qo'shimcha qilishicha, maktablarda so'nggi qo'ng'iroq tadbirlarini ko'tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o'tkazish an'anasi bu yil ham davom etadi.

Published by HT Digital Content Services with permission f...