Tashkent, May 17 -- Saudiya Arabistoni va Fransiya joriy yilning iyun oyida Isroil ishtirokisiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida Nyu-Yorkda Falastin davlatini tan olish bo'yicha xalqaro anjuman o'tkazadi. Bu haqda "Israel hayom" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu anjumanda Falastin davlatini tan olish bo'yicha aniq muddatlar va ijro mexanizmlarni o'z ichiga olgan keng qamrovli yo'l xaritasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Fransiya va Saudiya vakillari boshchiligida bo'lib o'tadigan anjumanda munozaralar va rasmiy sessiyalar o'tkaziladi hamda Falastin davlatini barpo etish uchun amalga oshiriladigan doiraviy reja ishlab chiqiladi. Ushbu tashabbus Isroilning bu boradagi pozitsiyasini butunlay chetlab o'tadi.

Fransiya ...